O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIDA LION UNIVERSITETI PROFESSORI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

30.01.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov Lion universiteti professori Jan-Kristof Mareshalni qabul qildi. Uchrashuvda Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H. Hakimov va Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri P. Nishonovlar ham ishtirok etdi.

Hamkorlik doirasida quyidagi rejalarga erishildi:

 • Fransuz tili yo‘nalishining 1 va 2 bosqich talabalariga o‘quv yilining oxirigacha Og‘zaki nutq amaliyoti va O‘qish va yozish amaliyoti fanlaridan amaliy darslar olib boriladi.

 • Iqtidorli talabalar uchun til ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan to‘garaklar tashkil etiladi.

 • O‘qituvchilar uchun DALF xalqaro imtihonlariga tayyorlash maqsadida o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Professor Jan-Kristof Mareshalning tajribasi dunyoning bir qator mamlakatlarida ortgan va u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirishga o‘zining hissa qo‘shishga tayyor ekanligini bildird