O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI WORLDSKILLS INTERNATIONAL BILAN STRATEGIK UCHRASHUV O‘TKAZDI

01.12.2025

Tayvan poytaxti Taypey shahrida O‘zbekiston Respublikasi vakillari — tegishli vazirliklar mutasaddilari, texnikum rahbarlari hamda WorldSkills International tashkiloti rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro standartlarga mos, ish beruvchilar talabiga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash masalalarini atroflicha muhokama qildi. Shuningdek, ishchi kasblarning nufuzini oshirish, 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TuronSkills – 2026 chempionatini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish ustalarining malakasini oshirish va ularni xalqaro ekspertlikka tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda kasbiy ta’lim sifatini oshirish, yosh mutaxassislarni global mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash yo‘lida muhim qadam sifatida e’tirof etildi.