O’ZBEKISTON DELEGATSIYASI XITOYDA QATOR UCHRASHUVLAR O’TKAZDI

30.09.2025

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbar-xodimlari Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Xian va Chengdu shaharlaridagi maktab, kollej va universitet direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda kelajakdagi o‘quv rejalari muhokama qilindi hamda xorijiy talabalarni jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bunday uchrashuvlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlab, oʻzbek va xitoy talabalari uchun bilim almashish imkoniyatlarini yanada  kengaytiradi.