O‘ZBEKISTON-GRUZIYA REKTORLAR FORUMI TASHKIL ETILADI

27.02.2025

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi delegatsiya Gruziya Respublikasi taʼlim, fan va yoshlar vazirining birinchi oʻrinbosari Giorgi Modebadze, vazir oʻrinbosarlari Baya Kvitsiani hamda Tamar Gvamichava bilan muzokara oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat oʻrtasidagi oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarga asosan, oliy talim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yangi tashabbuslar ilgari surildi.

Tomonlar taʼlim va fan yoʻnalishidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va oʻzaro professor-oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirish boʻyicha fikr almashdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five − four =