O‘ZBEKISTON VA GRETSIYA O‘RTASIDAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

04.11.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Gretsiya elchisi Paraskеvi Tzeveleki xonim, Gretsiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ioannis Loverdos hamda elchixona va vazirlik vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori I.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X.Yuldashev va grek tili o‘qituvchisi S.Musayeva qatnashdilar.

Muloqot davomida Gretsiya oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, grek mutaxassislarini O‘zDJTU faoliyatiga jalb etish, o‘qituvchi va talabalarga mo‘ljallangan grant dasturlari hamda yozgi maktablar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three + 14 =