O’ZBEKISTON VA ISPANIYA TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIGI YANADA KENGAYMOQDA
27.04.2023Oʻzbekiston va Ispaniya oʻrtasida turli yo’nalishlarda hamkorliklarni amalga oshirish maqsadida 25-26-27-aprel kunlari Ispaniya davlati delegatsiyasi mamlakatimizda boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida seminar va davra suhbatlari tashkillashtirish, amaliy shartnomalar tuzish koʻzda tutilgan.
Jumladan, 25-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Ispaniyaning Salamanka shahrida joylashgan Universidad Pontificia de Salamanca universiteti vakillari tashrif buyurib, oʻzaro ilmiy-tadqiqot, oʻquv-uslubiy ishlarni rivojlantirish hamda talaba va oʻqituvchilar mobilligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandum imzolanishiga kelishib olindi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.