O‘ZBEKISTON VA MALAYZIYA O’RTASIDA XALQARO ALOQALAR KENGAYMOQDA

05.05.2026

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etgani uning keng qamrovli va akademik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi.

Tadbirni universitet rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ochib berdi. Shuningdek, Universiti Teknologi Malaysia rektori, professor Mohd Shafri bin Mohd Rahimning ishtiroki xalqaro hamkorlikning amaliy bosqichga o‘tayotganidan dalolat beradi. U o’z nutqida akademik almashinuv, qo‘shma dasturlar va ilmiy loyihalarni rivojlantirish istiqbollari alohida ta’kidladi.

Uchrashuv davomida ilgari surilgan takliflar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.