O‘ZBEKISTON VA OZARBAYJON RAHBARLARI OLIY DARAJADAGI DAVLATLARARO KENGASHNING NAVBATDAGI MAJLISINI O‘TKAZDILAR

02.07.2025

2-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Ilhom Aliyev Bokudagi «Zagulba» qarorgohida uchrashib, Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlash, savdo, investitsiya, transport, energetika, madaniyat va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tovar ayirboshlash hajmi 25% o‘sib, qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollarga yetdi. 300 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Qolaversa, Parlamentlararo forum, Hududlar forumi va Rektorlar forumi kabi muhim tadbirlar o‘tkazildi.

Tashrif doirasida Bokuda “O‘zbekiston” bog‘i qurilishi boshlanib, elchixona yangi binosining ochilishi rejalashtirilgan.

Tomonlar diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash munosabati bilan qo‘shma madaniy va yoshlar tadbirlarini o‘tkazishga kelishib oldilar.

Yig‘ilish yakunida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

https://president.uz/oz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − 5 =