ÖZBEKISTON VA POLŞA UNIVERSITETLARI HAMKORLIKNING YANGI YÖNALIŞLARINI BELGILAMOQDA
30.10.2026Toşkentda ötkazilayotgan Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi doirasida Özbekiston taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov Polşa Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marcin Kulasek bilan muzokaralar olib bordi.

Uçraşuvda ikki mamlakat universitetlari örtasida qöşma taʼlim dasturlarini yölga qöyiş, talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvini faollaştiriş, ilmiy izlanişlar hamda xalqaro taʼlim loyihalarida hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bugungi kunda Özbekistonning 28 ta oliy taʼlim taşkiloti Polşaning 40 ga yaqin universiteti va ilmiy-taʼlim muassasasi bilan hamkorlik qilmoqda. Uşbu aloqalar doirasida 70 dan ortiq kelişuv va memorandum imzolangan.
Muzokaralar yakunida mavjud kelişuvlar ijrosini izçil davom ettiriş, yangi hamkorlik taşabbuslarini aniq rejalar asosida amalga oşiriş va ularning amaliy samaradorligini oşiriş muhimligi qayd etildi.
