O‘ZBEKISTON–XITOY TEXNOLOGIK HAMKORLIK FORUMI O‘TKAZILDI
18.03.2026Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Huansi Intelligent Technology Co., Ltd hamkorligida “O‘zbekiston–Xitoy sanoat korxonalarida texnologik hamkorlik: innovatsion va raqamli yechimlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sanoatda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, innovatsion va raqamli yechimlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Forum O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sanoat sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



