ÖZBEKISTONLIK PROFESSORLAR ITALIYADA XALQARO ILMIY WORKŞOPDA IŞTIROK ETMOQDA

30.10.2026

Joriy yilning 26–30-oktabr kunlari Italiyaning Pisa şahridagi Scuola Superiore SantʼAnna (SSSA) universitetida Erasmus+ dasturining CyberÇCA — Markaziy Osiyo raqamli mehnat bozori uçun kiberxavfsizlik böyiça innovatsion magistratura taʼlim dasturini işlab çiqişga qaratilgan xalqaro loyihasi doirasida workşop taşkil etildi.

Mazkur xalqaro tadbirda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti “Umumiy tilşunoslik” kafedrasi mudiri, professor Madjidova Raʼno Urişevna iştirok etmoqda.

Workşop doirasida Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari vakillari kiberxavfsizlik sohasida zamonaviy taʼlim dasturlarini işlab çiqiş, ilğor pedagogik yondaşuvlar, amaliy maşğulotlarni taşkil etiş hamda CyberLab laboratoriya modellarini joriy etiş böyiça tajriba almaşmoqda. Şuningdek, Yevropa kreditlarni köçiriş va jamğariş tizimi (ECTS), öquv yuklamalarini şakllantiriş va taʼlim mazmunini xalqaro kasbiy kompetensiyalar bilan muvofiqlaştiriş masalalari muhokama qilinmoqda.

Workşopda Universidad Politécnica de Madrid, University of Antwerp, Scuola Superiore SantʼAnna va University Politehnica of Buçarest universitetlari vakillari tomonidan kiberxavfsizlik taʼlimi hamda amaliy öqitiş böyiça Yevropa tajribalari taqdim etilmoqda.