O’ZBEKISTONLIK TALABALAR XITOYDA O‘TKAZILGAN MUSOBAQADA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETISHDI
30.05.2025Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) talabalari Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tkazilgan Huawei ICT Competition 2024–2025 xalqaro tanlovining global final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Innovatsion trek yo‘nalishida faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa umumiy hisobda 4 ta medal bilan taqdirlandi.

Musobaqa 100 dan ortiq davlat va mintaqalarni qamrab olib, unda 2000 dan ziyod oliy ta’lim muassasalari vakillari — jami 210 mingdan ortiq talabalar va o‘qituvchilar qatnashdi. Final bosqichida esa 48 mamlakatdan 179 ta kuchli jamoa o‘zaro bellashdi.
TATU vakillari musobaqada eshitish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun sun’iy intellekt asosida yaratilgan “Sahiya” nomli ijtimoiy yo‘naltirilgan innovatsion dastur bilan ishtirok etdi. Loyihaning texnologik yechimi va ijtimoiy ahamiyati hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.

Ushbu natija O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning yana bir yutuqli namunasi bo‘ldi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.