O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Angren fakulteti va xorijiy tillarni o’qitish markazi ish boshladi.


Angrenda tashkil etilgan yangi fakultet zamonaviy o‘quv binosi va talabalar turar joyi bilan ta’minlangan bo‘lib, yoshlar uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Shuningdek, bepul ta’lim beruvchi “Migratsiya va xorijiy tillarni o‘qitish markazi” hamda maktabda yangi til markazi ochilib, yoshlarni xalqaro mehnat bozori talablariga tayyorlashga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbuslar Angren yoshlari uchun xorijiy tillarni chuqur o‘rganish va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.




