Bugun, 31-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreyaning Xankuk universiteti professori Sung-Don Xvan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zDJTU rektori G‘.Raximov hamda universitet vakillari ishtirokidagi mazkur uchrashuvda tomonlar bir qancha masalalarni muhokama qildilar:
- O‘zDJTUda Ipak Yo‘li Tadqiqot markazini tashkil qilish;
- O‘zDJTUning Ipak Yo‘li Universitetlari Tarmog‘i (SUN)ga a’zoligi;
- O‘qituvchi va talabalar almashinuvi.
Shuningdek, tashrif davomida Koreyaning Xankuk universiteti professori Sung-Don Xvan O’zDJTUda tashkil qilingan «Koreya burchagi» bilan tanishdi hamda talabalar bilan uchrashib, ularga qisqa ma’ruza qilib berdi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.