O‘ZDJTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI KUALA-LUMPURDA BO‘LIB O‘TGAN KONFERENSIYADA MA’RUZA BILAN ISHTIROK ETDILAR

30.05.2025

Xalqaro aloqalarni takomillashtirish va yangi loyihalarni amalga oshirish borasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tilini o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari kafedrasi v.b dotsenti, PhD Nargiza Yuldasheva va Nazariy fanlar kafedrasi dosenti Fotimaxon Azizova Malaysiyaning Kuala-Lumpur shahrida Xalqaro THE reytingida Top 1000 talikka kirgan Manipal GlobalNXT University, Multimedia University, SEGi University&IFERP Academy tomonidan o‘tkazilgan «8th International Conference on Multi-Disciplinary Research Studies and Education» (ICMDRSE-2025) konferensiyasida ma’ruzachi  sifatida qatnashdi.

Konferensiya ingliz tilini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unga dunyoning nufuzli OTMlaridan ko‘plab ishtirokchilar tashrif buyurdi.

Xususan, Xitoy, Hindiston, Amerika, Janubiy Afrika, Vetnam, Filippin, Tailanddan kelgan hamkasblarning nutqlari tinglandi va fikrlar almashildi.


Konferensiyadan keyingi kunda barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida OʻzDJTU bilan o‘zaro memorandumga ega boʻlgan xalqaro reytingda Top 1000 talikda bo‘lgan Sulton Idris universitetiga tashrif buyurildi va u yerda maxsus tashkil etilgan forumda OʻzDJTU vakillari oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 5 =