O’ZDTJU DELEGATSIYASI ARGENTINANING NACIONAL MAR DE PLATA UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHTASHDI

24.04.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi hamda Argentinaning Nacional Mar de Plata universiteti Gumanitar fakulteti dekani Dr. Enrique Andriotti Romanin oʻrtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Dasturda O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Hakimov va Ispan tili kafedrasi mudirasi I. Turamuratova ishtirok etdi.

Suhbat davomida bir qator masalalar, jumladan:

-talabalar, o‘qituvchilar va doktorantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
-ispan va boshqa xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish;
-xalqaro konferensiya, seminar va vebinarlar tashkil qilish;
-O‘zDJTUga ispan tili o‘qituvchisini jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va samimiy muhitda o‘tib, tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollariga oid muhim takliflarni ilgari surdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 + 2 =