PEDAGOGLARNING FARZANDLARI UCHUN KONTRAKT TO‘LOVIGA 30 FOIZ CHEGIRMA BERISH BOSHLANDI
15.10.2026Chegirmani olish uchun kontrakt.edu.uz saytiga kirib «Pedagog farzandi chegirmasi» qismidan ariza yuborish lozim.

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.
Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.
Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.
