QOZOG’ISTONNING NUFUZLI OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIK KENGAYTIRILMOQDA
23.05.2025Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (QS reytingida 163-o‘rin) hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (QS reytingida 621-630-oʻrin)ga tashrif amalga oshirildi. Uchrashuvlar davomida ta’lim va ilmiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Muzokaralar natijasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
- 2026-yildan boshlab “Kimyo” hamda “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1+1 qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish;
- O‘quv adabiyotlari, Scopus bazasiga kiritiladigan ilmiy maqolalar hamda o‘quv qo‘llanmalarni hammualliflik asosida nashr etish;
- Ilmiy tadqiqot yo‘nalishida kadrlar tayyorlash maqsadida ilmiy stajirovkalar va grantlar doirasida malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.
Uchrashuv chog‘ida Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti rahbariyati Termiz davlat universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Tomonlar ilmiy va ta’limiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.