RAQAMLI INSTRUMENTLAR BILAN ISHLASH BO’YICHA TRENINGDA ISHTIROK ETING

25.11.2021

Ogayo shtati universiteti jamoatchilik-siyosiy jurnalistika bo’yicha Kiplindjer dasturi (Kiplinger Program in Public Affairs Journalism) iqlim o’zgarishi va zamonaviy dunyodagi global muammolarni yoritishga qiziqqan jurnalistlarga ko’mak sifatida qisqa muddatli stipendiyalarni taklif etadi.

Dastur sanasi — 19-22-aprel, 2022-yil.

Tadbir manzili — Afina, Ogayo shtati.

Kimlar ishtirok eta oladi — kamida besh yil ish tajribasiga ega frilanserlar, bosma, onlayn-media va TV-radio bo’yicha shtatdagi jurnalistlar.

Stipendiyani qo’lga kiritganlar chuqurlashtirilgan treningda ishtirok etishadi.

Stipendiya quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Trening to’lovi;
  • Yashash harajatlari;
  • Oziq-ovqat.

Tadbirning ishchi tili — ingliz tili.

Ariza topshirish muddati — 1-dekabr, 2021-yil.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun quyidagi HAVOLAdan foydalaning.