ROSSIYA VA O‘ZBEKISTON OLIY O‘QUV YURTLARI REKTORLARI ISHTIROKIDA MINTAQALARARO ANJUMAN BO’LIB O’TMOQDA

22.05.2025

22–23-may kunlari Namangan shahrida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida mintaqalararo konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbir Namangan davlat universiteti mezbonligida tashkil etildi.

Konferensiya doirasida ikki davlatning oliy ta’lim tizimi vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ilmiy markazlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi boshqarma rahbari Igor Maslov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov, Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Andrey Korneyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev so‘zga chiqishdi.

Konferensiyada panel va B2B formatidagi uchrashuv va muzokaralar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Konferensiyada universitet rektori professor Ilxomjon Tuxtasinov, Rus filologiyasi fakulteti dekani dotsent A. Rahmonov, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori professor J. Abduganieva hamda mazkur markaz bo‘lim boshlig‘i K. Alimova qatnashmoqda.

Ushbu xalqaro konferensiya doirasida oliy ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish, yangi tashabbuslar ilgari surish va o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + seventeen =