Samarqand davlat chet tillar institutida Ispaniyaning Salamanka universiteti Ta’lim fakulteti huzuridagi “Kontrapunto” xor jamoasining “Bizning tuprog‘imiz musiqasi” nomli konsert dasturi yuqori saviyada tashkil etildi.

“Kontrapunto” xor jamoasi direktori Mariya Kristina Iglesias qadimiy va betakror Samarqand shahrida musiqiy kecha tashkil etish ular uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi.
Ushbu konsert madaniyatlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.




