SAMARQAND DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA TURK TILI HAFTALIGI BO’LIB O’TDI
27.05.2025Samarqand davlat chet tillari institutida Turk tili haftaligi bo’lib o’tdi. Mazkur madaniy tadbir institutda tahsil olayotgan talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun Turkiya madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.
Haftalikning birinchi kuni institut kirish darvozasidagi o‘ziga xos tadbirlar bilan boshlandi. Talabalar va o‘qituvchilar turkona mehmondo‘stlik bilan — turk choyi, turk shirinliklari hamda milliy raqslar bilan kutib olindi. Barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.

Keyingi kunlarda esa turk tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan tayyorlangan turk milliy taomlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda mehmonlar Turkiyaning boy oshxonasi bilan tanishib, o‘ziga xos ta’mlardan bahramand bo‘lishdi. Shuningdek, Turkiyaning mashhur Zeybek va Erik Dalı milliy raqslari ijro etilib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Haftalik institutda ko‘p madaniyatli muhitni rivojlantirishga xizmat qildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.