ŞAVKAT MIRZIYOYEV: MARKAZIY OSIYONI UMUMIY INTELLEKTUAL MAKONGA AYLANTIRIŞ STRATEGIK MAQSADIMIZ!

28.10.2026

Toşkent şahrida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi öz işini boşladi.

Forumning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Şerzod Asadov davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevning anjuman iştirokçilariga murojaatini öqib eşittirdi.

Prezident öz murojaatida Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi hamjihatlikni mustahkamlaş, ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş va mintaqaning intellektual salohiyatini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Ta’kidlanganidek, qariyb 85 million aholi istiqomat qilayotgan mintaqaning eng katta boyligi — bilimga çanqoq, katta maqsad va intilişlar bilan yaşayotgan yoş avloddir. Uşbu salohiyatni röyobga çiqarişda sifatli va zamonaviy ta’lim muhim örin tutadi.

“Ana şu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuçga aylantirişda eng samarali yöl — sifatli, zamonaviy ta’lim va tarbiyadir”, — deyiladi Prezident murojaatida.

Murojaatda Özbekistonda ta’lim tizimini takomillaştiriş, ta’limning barça bosqiçlari örtasidagi uzviylikni ta’minlaş, öqituvçilarning rolini oşiriş hamda yoşlarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb va mutaxassisliklarga yönaltiriş ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.

Şuningdek, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy muhandislik yönalişlarini rivojlantiriş, universitetlarning ilmiy-tadqiqot salohiyatini kuçaytiriş hamda yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş muhimligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy hamkorlik masalasiga töxtalar ekan, davlat rahbari universitetlar örtasida aloqalarni kengaytiriş, qöşma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni köpaytiriş, talabalar hamda olimlar almaşinuvini rivojlantiriş zarurligini qayd etdi. Suv va energetika xavfsizligi, iqlim özgarişi hamda mehnat bozoridagi texnologik özgarişlar kabi umumiy muammolarni hal etişda mamlakatlarning bilim va imkoniyatlarini birlaştiriş muhimligi körsatib ötildi.

Prezident murojaatida Markaziy Osiyoning kelajakdagi taraqqiyoti ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik bilan çambarças boğliqligi alohida ta’kidlandi.

“Bizning bu sohadagi strategik maqsadimiz — Markaziy Osiyoni özaro işonç va döstlik diyoriga, ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlaşgan umumiy intellektual makonga aylantirişdir”, — deyiladi murojaatda.

Forum mintaqa mamlakatlari örtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi aloqalarni mustahkamlaş, tajriba almaşiş hamda qöşma taşabbuslarni ilgari suriş uçun muhim xalqaro muloqot maydoni hisoblanadi.