SEUL SHAHRIDA TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TALABASI BIRINCHI O’RINNI QO’LGA KIRITDI

10.09.2024

Janubiy Koreya poytaxtida an’anaviy «Quiz on Korea 2024» koreys tili va madaniyati xalqaro tanlovining final bosqichi o’tkazildi.

Seul shahrida bo’lib o’tgan bellashuvning final bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Moxira Ergasheva birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

O’n uchinchi marotaba o’tkazilgan mazkur xalqaro tanlov, butun dunyo xalqlari o’rtasida do’stlik ruhini targ’ib qilish va Janubiy Koreya, uning tili va madaniyatiga qiziqishni oshirishga qaratilgan.