SULTON IDRIS PEDAGOGIKA UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN HAMKORLIK MASALALARI VA ISTIQBOLDAGI REJALAR MUHOKAMA QILINDI

29.08.2024

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Malayziyaning Sulton Idris Pedagogika universiteti vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida ilmiy-akademik mobillik, talabalar almashinuvi, hamkorlikda loyihalar amalga oshirish hamda tadqiqotlar olib borish kabi ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.