TALABALAR MALAYZIYADA XALQARO TAJRIBA ORTTIRMOQDA
12.08.2026Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari bugungi kunda Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Malaya universitetida “Measured Drawing Practice” dasturi doirasida malakaviy amaliyotini davom ettirmoqda.
Amaliyot davomida talabalar Malayziyadagi zamonaviy me’moriy va qurilish inshootlarida o‘lchov ishlarini amalga oshirib, loyihalash hamda qurilish sohasidagi ilg‘or texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy qurilish materiallari bilan yaqindan tanishmoqda.




Bundan tashqari, amaliyot jarayonida xorijiy professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar va talabalar bilan o‘zaro tajriba almashishga, kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yanada rivojlantirishga hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda.
