TALABALAR O’ZBEKISTONNING MISRDAGI ELCHIXONASIDA AMALIYOT O’TAMOQDA
08.09.2025Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari O’zbekistonning Misrdagi elchixonasida amaliyot o’tamoqda.


Mazkur dastur tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqaro munosabatlar yo‘nalishida ta’lim olayotgan yosh mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliy jarayonlarga jalb etishdan iboratdir. Ushbu tashabbus talabalarga diplomatiya sohasida chuqurroq bilim olish va o‘z malakasini oshirish imkonini yaratadi.

Amaliyot doirasida ishtirokchilar elchixona faoliyatining turli jihatlari bilan tanishib, ikki tomonlama siyosiy aloqalar, konsullik xizmatlari, madaniy diplomatiya, savdo-iqtisodiy hamkorlik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash tajribasini o‘zlashtirmoqdalar.
Shuningdek, ular Misr va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator qo‘shma loyihalarda faol ishtirok etmoqdalar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.