TALABALAR UCHUN “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVI E’LON QILINDI
11.10.2026Talabalar uchun startaplar bo‘yicha “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’lon qilindi.
Kimlar qatnashadi: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr va magistratura bosqichi talabalari.

Bosqichlar:
Saralash. Har bir OTMda o‘tkaziladi va eng yaxshi 3 ta g‘oya keyingi bosqichga chiqadi.
Respublika bosqichi. Bu bosqichda g‘oliblar aniqlanadi.Grantlar (jami 300 mln so‘m):
1-o‘rin (1 ta) — 100 mln so‘m;
2-o‘rin (2 ta) — 50 mln so‘mdan;
3-o‘rin (4 ta) — 25 mln so‘mdan.
Shartlar:
– Arizalarni e’londan keyin bir oy ichida o‘zingiz tahsil oladigan OTM saralash komissiyasiga topshirasiz.
– Bir talaba muallif sifatida faqat 1 ta loyiha bilan, jamoa a’zosi sifatida esa ko‘pi bilan 2 ta loyihada qatnashishi mumkin.
Loyihalar komissiya oldida taqdimot shaklida himoya qilinadi.
G‘oliblar yanvar oyining oxirgi 10 kunligida taqdirlanadi. Ular venchur fondlar, investorlar va akseleratorlar bilan tanishtiriladi.
