TA’LIM SOHASIDA XITOY XALQ RESPULIKASI BILAN IKKI TOMONLAMA ALOQALAR YANADA KENGAYMOQDA

01.05.2025

2025-yil 28–30 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoniga (SHUAR) xizmat safari bilan tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, istiqbolli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi va muhim kelishuvlarga erishildi.

Qator muhim bitimlar imzolandi:

  • “Tyanfen” Sinszyan qishloq xo‘jaligi ilmiy-texnikaviy kompaniyasi bilan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy laboratoriya markazi tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
  • UNCTAD eksperti va Space Techtronic Industries Services (Shenzhen) Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan texnologiyalarni O‘zbekistonga transfer qilishga xizmat qiluvchi maxsus koordinatsiya markazini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
  • Xinjiang Beixin Road & Bridge Group Co., Ltd. kompaniyasi bilan akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
  • Tyanszin qishloq xo‘jaligi universiteti bilan agrar sohada ilmiy tadqiqot markazi tashkil etish, shuningdek, “Yangi O‘zbek-Xitoy landshaft dizayni” konsepsiyasini ishlab chiqish va ushbu yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
  • Chan’an universiteti bilan talabalar almashinuvi va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Xitoy tomonining dastlabki taklifiga ko‘ra, to‘rtta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha har biri 30 nafargacha o‘zbekistonlik talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan.
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Sian neft universiteti o‘rtasida qo‘shma ilmiy laboratoriya tashkil etish bo‘yicha hujjat imzolandi.
  • Pekin texnologiya institutining Toshkent shahrida filialini ochish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Yangi filial tarkibida beshta yo‘nalish bo‘yicha fakultetlar faoliyat olib boradi: kompyuter fanlari, mashinasozlik va avtomobilsozlik, “yashil” energetika, Big Data, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish, ayniqsa, ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three − 1 =