TELAVI DAVLAT UNIVERSITETI BILAN TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK O’RNATILDI

03.04.2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev Gruziyaning Telavi davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet rektori Shalva Tchkadua va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Tamar Aslanishvili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar gruzin tilini o‘qitish, zamonaviy o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikrlar almashdi. Bu yo‘nalishlarda zarur sharoitlar yaratilishi qayd etildi.

Yakunda ikki universitet o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.