TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI PROFESSOR-O’QITUVCHILARI BUYUK BRITANIYADA MALAKA OSHIRADI
05.03.2026Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o’qituvchilari Buyuk Britaniyaning Norvich til o’qitish institutida 2 haftalik malaka oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.


Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Buyuk Britaniyaning nufuzli til ta’limi markazlaridan biri – Norvich til o‘qitish instituti (NILE) direktori Thom Kiddle tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitet rahbariyati hamda NILE instituti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va amaliy mexanizmlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.


Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish, til o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
