TOSHKENTDA “CYBER4CA” LOYIHASI BO‘YICHA ILK UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
15.12.20252025–2028-yillar davomida amalga oshiriladigan Erasmus+ CBHE dasturining yirik tashabbusi — “Cyber4CA: Markaziy Osiyoning raqamli mehnat bozori uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha innovatsion magistratura ta’lim dasturini ishlab chiqish” loyihasining boshlangʻich xalqaro uchrashuvlari Toshkentda tashkil etildi.




Uchrashuvlarning dastlabki ikki kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ispaniya, Ruminiya, Belgiya, Italiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, tegishli vazirlik, shu jumladan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuvlarning uchinchi kuni O‘zbekiston Milliy universitetida davom ettirilib, yangi kiberxavfsizlik magistratura dasturlari uchun o‘quv rejalari va akademik yondashuvlarni ishlab chiqishga bag‘ishlandi.
