TURKIYALIK MUTAXASSIS MUXAMMAD IKBAL GULER BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
26.05.202526-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov O‘zbekistondagi Turkiya Jumhuriyati elchixonasi tavsiyasiga binoan universitetimizda turk tilidan dars berayotgan Muxammad Ikbal Guler bilan uchrashdi.


Uchrashuv davomida Muxammad Ikbal Guler O‘zDJTUda o‘qituvchi sifatida olib borayotgan faoliyati, turk tilini chuqur o‘rgatish orqali malakali tarjimonlar tayyorlash yo‘lidagi ishlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, turk tili va mamlakatshunoslik fanlarini o‘qitishni takomillashtirish, o‘quv reja va dasturlarni yangilash hamda ularni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.
Suhbat chog‘ida u Turkiya oliy ta’lim muassasalari, xususan, 19-may universiteti bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini ta’kidlab, bu yo‘nalishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga doim tayyor ekanini ma’lum qildi.
Uchrashuv so‘nggida Ikbal Guler 19-may universiteti rektori Fatma Aydin nomidan berilgan esdalik sovg‘asini Ilxomjon Tuxtasinovga taqdim etdi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.