TURKIYALIK TAJRIBALI MUTAXASSIS UNIVERSITETDA O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI
07.04.2025Turkiya elchixonasi tomonidan yuborilgan tajribali mutaxassis O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida faoliyat boshladi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari Turkiya Respublikasi elchixonasi tomonidan yuborilgan tajribali mutaxassis – dotsent Muhammed Ikbal Guler bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Muhammed Ikbal Guler O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 5 yilgacha turk tili va adabiyoti fanidan dars berishi rejalashtirilgan. U Turkiyaning 19-may universiteti Ijtimoiy fanlar instituti huzuridagi Turk tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti hisoblanadi.


Uchrashuv davomida Muhammed Ikbal Guler universitetdagi ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi hamda o‘z takliflarini bildirdi. U turk tili o‘qituvchilari uchun o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish, shuningdek, Turkiyadan qo‘shimcha o‘qituvchilarni jalb etishni taklif qildi. Bu tashabbuslar universitetda turk tilini chuqur o‘rganishga katta zamin yaratadi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.