TURKIYANING ISTANBUL SHAHRIDA SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI

24.02.2025

Turkiyaning Istanbul shahridagi “Asya Dilem” akademiyasi va «Turkiya universiteti markazi» tomonidan seminar oʻtkazildi.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v.v.b. Moydinova Elmira Kamariddinovna mazkur ilmiy seminarda “The use of educational web resources in teaching foreign languages” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, talabalarni turk tili va ingliz tili kurslariga jalb qilish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish kabi istiqbolli rejalar tuzildi.