UCHINCHI TOJIKISTON – O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARI FORUMI O’Z ISHINI BOSHLADI

13.03.2026

13-mart kuni Uchinchi Tojikiston – O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Sadriddin Ayni nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari universitet talabalari tomonidan tayyorlangan suratlar hamda hunarmandchilik, kashtachilik mahsulotlari namunalari, iqtidorli yoshlarning ishlari va professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari bilan tanishdilar. Qolaversa, mehmonlar Tojikiston davlat pedagogika universiteti muzeyida bo‘lib, ushbu oliygohning tarixi va bugungi faoliyatiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarni tomosha qildilar.

Shundan so’ng, Uchinchi Tojikiston–O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov, Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Saidzoda Rahim Hamro, vazirlikning mutasaddi vakillari hamda O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Forumni Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Abdulxoliqzoda Lutfia kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Ta’lim vazirlari o‘z chiqishlarida mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasida olib borilayotgan samarali hamkorlik aloqalari, istiqbol uchun belgilangan ustuvor maqsad va strategiyalar haqida so‘z yuritdilar.