UNESCO JURNALISTIKA VA KOMMUNIKATSIYA YO’NALISHI BITIRUVCHILARI UCHUN STAJIROVKA DASTURINI E’LON QILDI

29.05.2020

UNESCO jurnalistika va kommunikatsiya sohasida bakalavr bosqichini yakunlagan hamda magistraturada o‘qiyotgan, yoki 1 yil ichida yakunlagan talabalar uchun Parijda 6 oylik stajirovka kursini eʼlon qildi.

Tashkilotchilar tanlanadigan nomzodlar uchun quyidagi talablarni ilgari surmoqda:

– yosh chegarasi: 20 va undan katta bo‘lishi kerak;

– ingliz yoki fransuz tilida gapirish va yoza olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak;

– kompyuter va ofis dasturlaridan samarali foydalana olishi kerak;

– jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak;

– nomzod amaliyot davomida butun dunyo miqyosidagi yirik tibbiy sug‘urta kompaniyasidan tibbiy sug‘urta qoplamasini tasdiqlashi lozim;

– nomzod, shuningdek, stajirovka boshlanishidan oldin salomatligi to‘g‘risida tibbiy maʼlumotnomani taqdim etishi kerak.

Arizalar 31-iyulga qadar qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumot uchun havola: unesco.org