O‘ZBEKISTON YANGI YIL BAYRAMLARINI NISHONLASH UCHUN ENG JOZIBALI JOYLAR RO‘YXATIGA KIRITILDI

11.10.2021

Pol’shaning Gazeta.pl nashri O‘zbekistonni unutilmas yangi yil sayohatini o‘tkazish uchun beshta ajoyib mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Mamlakatimiz Fransiya, Germaniya, Shveysariya va boshqalarni ortda qoldirib, Shvesiya va Avstriyadan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.

Nashr O‘zbekiston Sharqning mashhur gavhari va Osiyodagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri ekanligini, shuningdek, yangi yil uchun juda boy va o‘ziga xos marshrut taklif qila olishini ta’kidladi.