VAZIR VA ELCHI JANOBLARI TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARINI MUHOKAMA QILDILAR

08.10.2025

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekistonda diplomatik faoliyati boshlangan Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fukni qarshi oldi va ular o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi oliy va kasbiy ta’lim hamda ilm-fan sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, O‘zbek-Fransuz universitetini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha fikr almashildi.