WEBSTER UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA TALABALAR UCHUN INTERAKTIV TRENING TASHKIL ETILDI
22.04.2025Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti hamda AQShning Webster universiteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasidagi ilmiy-uslubiy hamkorlik doirasida talabalar uchun amaliy va interaktiv trening mashg‘uloti tashkil etildi.


Mazkur trening davomida talabalar xorijiy til o‘qitish metodikasi, zamonaviy ta’lim yondashuvlari, xalqaro tajriba hamda til o‘rganishda motivatsiyani oshirish usullari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Trening jarayoni interaktiv muhitda, ochiq muloqot va amaliy mashqlar asosida tashkil etildi.
Ushbu tashabbus ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi samarali hamkorlikning amaliy ifodasi bo‘lib, talabalarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash, innovatsion fikrlash va global raqobatbardoshlik salohiyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.


Institutda xorijiy hamkorlar ishtirokida o‘tkazilayotgan bunday treninglar yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularning ijodiy yondashuv va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.