XALQARO AKKREDITATSIYA UNIVERSITETNING GLOBAL HAMKORLIK IMKONIYATLARINI KENGAYTIRADI
09.07.2026Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 10 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 10 ta magistratura mutaxassisligi Germaniyaning «ACQUIN» xalqaro akkreditatsiya va sifatni ta’minlash agentligi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi.

Mazkur xalqaro akkreditatsiya universitet ta’lim dasturlarining Yevropa va xalqaro sifat standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi hamda oliy o‘quv yurtining xalqaro maydondagi nufuzi va raqobatbardoshligini yanada oshiradi.
Shuningdek, xalqaro grantlar, ilmiy-tadqiqot loyihalari va xorijiy investitsiyalarni jalb etishda universitetning ishonchliligi va salohiyatini oshirish, bitiruvchilarning diplomlari va ta’lim natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishi hamda ularning xorijda ta’limni davom ettirish yoki mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Shu bilan birga universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash va yangi strategik hamkorlik aloqalarini rivojlantiradi. Ushbu yutuq universitet jamoasining ta’lim sifatini xalqaro talablarga mos ravishda takomillashtirish borasidagi izchil mehnati va samarali faoliyatining e’tirofidir.




