XALQARO FOTOESSELAR TANLOVI E’LON QILINDI

24.02.2021

Muddati: 3-may 2021-yil.

Tashkilotchi: Banff san’at va ijod markazi (Kanada).

Tanlov uchun madaniyat, sarguzasht, yovvoyi tabiat, sport, atrof-muhit yoki tabiatshunoslik kabi tog’lar bilan bog’liq hikoyalarni tasvirlaydigan fotosuratlar qabul qilinadi.

Fotoesse bu — hikoyani aytib berish yoki tomoshabinning his-tuyg’ularini uyg’otish uchun mo’ljallangan fotosuratlar to’plami yoki seriyasidir.

Taqdim etilgan har bir fotoesse 3 tadan 5 tagacha bo’lgan ishni o’z ichiga olishi kerak.

Arizalar tanlovning rasmiy sayti orqali taqdim etiladi.

Tanlov g’olibi 2000 Kanada dollari bilan mukofotlanadi.

Tanlov uchun rasmiy havola: https://www.banffcentre.ca/mountain-photo-essay-competition