«XALQARO HINDIY TILI» HAFTALIGI DOIRASIDA TAQDIRLASH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

17.01.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabida «Xalqaro hindiy tili» haftaligi doirasida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda Hindiston elchixonasi xodimi janob Srinivas, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Hind tili bo’yicha o’tkazilgan notiqlik, mushoira va insholar tanlovi g’oliblari sertifikat hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.