Bugun, 11-fevral – ilm-fan va texnologiya sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarni qadrlash, ularning yutuqlarini e’tirof etish va bu yo‘nalishda yanada ko‘proq xotin-qizlarning ishtirokini rag‘batlantirish kuni.

Tarixga nazar tashlasak, ayollar fan sohasida ulkan yutuqlarga erishgan:
Mariya Kyuri – ikki bor Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan ilk ayol va radioaktivlik nazariyasining asoschilaridan biri.
Rozalind Franklin – DNK tuzilishini aniqlashga hissa qo‘shgan olima.
Ketrin Jonson – NASAda ishlagan matematik, insonni koinotga uchirish hisob-kitoblarini amalga oshirgan.
Bugun ham butun dunyo bo‘ylab olima, muhandis, tadqiqotchi va ta’lim sohasidagi ayollar ilm-fanni rivojlantirishda katta o‘rin tutmoqda.
Aziz ayollar, sizning ilm-fanga qo‘shayotgan hissangiz beqiyos!
Ilm-fan sari intilishlaringiz bardavom bo‘lsin, yangi kashfiyot va yutuqlarga erishishingizni tilaymiz!
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.