XALQARO OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN KELISHUVLAR IMZOLANDI
23.06.2025Turkiyaning Istanbul shahrida “Global Sustainable Development Congress” — Global barqaror rivojlanish kongressi boʻlib oʻtdi. “Times Higher Education” (THE) reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro anjumanda 100 dan ortiq mamlakat universitetlari, vazirliklari, nodavlat notijorat va xalqaro tashkilotlari qatorida Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda qator yetakchi oliygohlari ham ishtirok etdi.


Kongress doirasida barqaror rivojlanishning taʼlim tizimidagi oʻrni, iqlim oʻzgarishi, tenglik va inklyuzivlik kabi global muammolarni muhokama qilishga qaratilgan yuqori darajadagi panel sessiyalar, seminarlar va muloqotlar tashkil etildi.
“Times Higher Education” reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan koʻrgazma doirasida Oʻzbekistonning oliy taʼlim tashkilotlari ishtirokini namoyon etuvchi pavilyon jamoatchilik eʼtiborini tortdi.
Pavilyon bilan tanishgan “Times Higher Education” rahbariyati, Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi, dunyoning yetakchi universitetlari rektorlari hamda bir qator nufuzli xalqaro mehmonlar Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-innovatsion salohiyati, barqaror rivojlanish yoʻlidagi saʼy-harakatlari va xalqaro hamkorlikka ochiqligini alohida eʼtirof etishdi.
Anjuman doirasida Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan ikki muhim sessiya tashkil etildi:
“Oʻzbekiston diqqat markazida: mamlakat universitetlarining yashil energetika va sanoatdagi roli”;
“Oʻzbekiston diqqat markazida: oliy taʼlim orqali gender tengligi va taʼlimda inklyuzivlikni taʼminlash”.
Ularda Oʻzbekiston universitetlari tomonidan yashil energiya, raqamli sanoat, sunʼiy intellekt, suv resurslarini boshqarish, inklyuziv taʼlim va ayollar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirish boʻyicha amaliy tashabbuslar taqdim etildi.



Sessiyalarda TIQXMMI MTU, TDTU, TDTrU, QarDU, TDYUU, TDIU, Alfraganus universiteti, TDTibU va BuxDTI vakillari maʼruzalar bilan ishtirok etib, yurtimizdagi taʼlim islohotlari va ilmiy yutuqlarni xalqaro maydonda namoyon etdilar. Times Higher Education, SUMS Consulting va boshqa nufuzli tashkilotlar ekspertlari tomonidan ushbu tashabbuslar yuqori baholanib, mamlakatimizning barqaror rivojlanish sohasidagi nufuzi yanada mustahkamlanayotgani qayd etildi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning 15 ta oliy taʼlim muassasasi rahbarlari va masʼullari tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari bilan bir qator muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan, xorijiy talabalar va professor-oʻqituvchilarni jalb etish, qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish, ilmiy maqolalarni hammualliflikda chop etish, taʼlim eksportini kengaytirish va sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.