“XORIJIY TILLAR VA KASBGA OʻQITISH MARKAZI” OCHILDI

07.04.2026

Qarshi davlat texnika universitetida Germaniyaning “Prosika” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Xorijiy tillar va kasbga oʻqitish markazi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

“Prosika” taʼlim, ilm-fan va texnologiya sohalarida faoliyat yurituvchi nemis kompaniyasi boʻlib, hozirda dunyo boʻylab 30 dan ortiq mamlakat va hududlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Universitetning “Prosika” bilan yakdilligi talabalar va mahalliy aholi uchun ilk nemis tili oʻqitish dasturini amalga oshirish bilan boshlandi. Mazkur loyiha zamonaviy texnika, intellektual oʻquv platformalari va Yevropa standartlariga mos oʻquv materiallari asosida samarali taʼlim usulini ishlab chiqishga qaratilgan.