Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekistonning Hiroshima, Okayama, Fukuoka prefekturalari faxriy konsuli, Balcom kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Yamasaka Tetsuroning kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Tadbir davomida Yamasaka Tetsuro o‘z qalamiga mansub “IMKON QADAR ENG YAXSHISIGA YAQIN BO‘L” (“No limit do the Best”) nomli kitobida yoritilgan shaxsiy rivojlanish, ijodiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish borasidagi boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga soha mutaxassisidan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


