YAPONIYA TAʼLIM KOʻRGAZMASI ILK BOR UCH SHAHARDA OʻTKAZILMOQDA
04.11.2025“Japan Education Fair 2025” — Yaponiya taʼlim koʻrgazmasi o’z ishini boshladi.
Taʼkidlash joizki, bu yilgi “Japan Education Fair 2025” koʻrgazmasi ilk bor uchta shaharda — Samarqand, Toshkent va Buxoroda oʻtkazilmoqda.




1-noyabr kuni Samarqand davlat universitetida start olgan mazkur tadbir, 3-noyabrda Toshkentda, 5-noyabr kuni esa Buxoro davlat universitetida davom etadi.
Tadbir Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sukuba va Nagoya universitetlari hamda Oʻzbekiston–Yaponiya markazi hamkorligida tashkil etildi.
Koʻrgazmaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hirata Kenji hamda Oʻzbekiston–Yaponiya markazi hamdirektori Ivazaki Xiro ishtirok etdi.
Taʼlim koʻrgazmasida keng jamoatchili, oʻquvchilar, talabalar, ularning ota-onalari, oʻqituvchilar hamda Yaponiyada taʼlim olishga qiziqqan fuqarolar qatnashmoqa.
Koʻrgazmada Yaponiyaning 11 ta nufuzli universiteti ishtirok etib, oʻzbekistonlik yoshlar uchun turli grant dasturlarini taqdim etmoqda. Bu grantlar orqali talabalar magistrlik va doktorantura bosqichlarida bepul tahsil olish, ilmiy izlanishlar olib borish va Yaponiya kompaniyalarida amaliyot oʻtash imkoniga ega boʻladilar.
aponiyada tahsil olish istagida bo‘lganlar quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin:
Tel: (+998) 78-120-73-94 / -95 / -96
Mobil: (+998) 90-320-36-60

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.