YAPONIYADA MAGISTRATURA DASTURI UCHUN STIPENDIYA DASTURI

11.02.2021

Yokohama milliy universiteti Jahon banki bilan birgalikda xorijiy talabalarni Japan/World Bank Graduate Scholarship dasturida ishtirok etishga taklif qiladi. Ta’lim grantini «infrastruktura boshqaruvida Master’s Degree Program» o’quv dasturi orqali olish mumkin.

Asosiy talablar:

  • yosh chegarasi — 35 yosh;
  • dastur oxirida ishtirokchi uyga qaytishi kerak;
  • til sertifikati bilan tasdiqlanishi mumkin bo’lgan ingliz tilini bilish darajasi.

Til: Ingliz Tili

Grant miqdori JPY 150 000-JPY 170 000, shuningdek, transport xarajatlari va turar joylarni o’z ichiga oladi.

Ariza berish muddati: 2-mart 2021-yil.

Dastur haqida batafsil ma’lumot uchun: https://www.urban.ynu.ac.jp/imp/application_guideline/index.html