YEVROPA ITTIFOQINING ERASMUS+ DASTURI AMALDA

26.01.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yevropa Ittifoqining Erasmus+ KA171 dasturi doirasida Ispaniyaning bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Dastur ikki tomonlama talabalar, professor-o’qituvchilar hamda rahbar-hodimlar almashinuvini nazarda tutadi.

Jumladan, Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi va Ispaniyaning Xayen universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ KA171 dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lgan 3-bosqich talabalari Kamron Erkinov, Adxam Abduxakimov hamda 4-bosqich talabasi Maftuna Farmonkulova Ispaniyaning Xayen universitetiga bir semestr davomida o‘qishga jo’natildi.

Hozirda ular nufuzli xorijiy universitetda o‘qishini davom ettirib, o‘z bilim va malakalarini oshirmoqdalar.